2022 yili Toshkentda YTHlar tufayli 136 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

3-sahifa

image

2022 yilning o‘zida Toshkent shahri 1200 ta yo‘l-transport hodisasining guvohi bo‘ldi. YTH oqibatida 136 nafar kishi vafot etgan, 1463 kishi esa tan jarohati olgan. Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir bo‘lgan, buning oqibatida 56 nafar voyaga yetmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari esa vafot etgan.

Eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarlik – tezlikni oshirish natijasida 370 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Shuningdek, 143 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasida o‘tgan. Bundan tashqari, 8 ta baxtsiz hodisa mast holatda avtomobil boshqargan shaxslar sababli sodir bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilangan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Toshkent shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing