2022 yildagi eng qimmat avtoraqamning narxi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
05 yanvar 2023 16559 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2022 yilda eng qimmatga sotilgan avtoraqam 348 million so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Respublika tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi.
Qayd etilshicha, o‘tgan yilda Respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimida 304,1 mlrd so‘mlik 118 mingdan ziyod avtoraqam shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,6 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foizi jismoniy shaxslar, 9 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348 mln so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 8 foizi ikkinchi, 8 foizi uchinchi, 11 foizi to‘rtinchi, 22 foizi beshinchi va 46 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati 31%, Samarqand va Qashqadaryo 8 foizdan, Namangan, Andijon va Surxandaryo 7 foizdan hamda Xorazm 6 foiz viloyatlarida xarid qilingan.
Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20 foizi esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025