2022 yilda O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlat investitsiya kiritgan?
Jamiyat
−
20 fevral 2023
112452022 yilda O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 270 trillion so‘mni tashkil etgan. Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi 41,6 foizni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi – 20,3 foizi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi.
O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
- Rossiya – 20,3%;
- Xitoy – 16,4%;
- Turkiya – 10,1%;
- Germaniya – 6%;
- Saudiya Arabistoni – 6%;
- AQSH – 3,8%.
LiveBarchasi