2022 yilda “Uzauto Motors” Davlat byudjetiga qancha hissa qo‘shadi?
Jamiyat
−
23 noyabr 2021
18633O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 200,0 trln. so‘m, xarajatlari esa davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 215,4 trln. so‘m miqdorida rejalangani haqida xabar bergan edik.
Moliya vazirliging 2022 yilgi Davlat byudjeti bo‘yicha e’lon qilgan sharhida byudjet daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchi korxonalar iqtisodiy holatiga bog‘liq ekani ta’kidlangan.
2022 yilda yirik soliq to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tushumlaridagi ulushi quyidagicha bo‘lishi prognoz qilingan:
• “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK – 17,82 foiz;
• “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – 9,40 foiz;
• “O‘zbekneftgaz” AJ – 1,70 foiz;
• “O‘ztransgaz” AJ – 1,89 foiz;
• “Hududgazta’minot” AJ –1,26 foiz:
• “Uzbat” AJ – 1,50;
• “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ – 0,76 foiz;
• “Uz-KorGasChemicalQK MCHJ – 0,78 foiz;
• “Uzauto Motors” AJ – 0,73 foiz;
• “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ – 0,60.
Qayd etilishicha, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida rivojlantirish tarmoq dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni oshirish rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi