2022 yilda kattakonlarning jinoyatlari tufayli davlat 1 trln so‘mdan ortiq zarar ko‘rdi

Jamiyat

image

2022 yil davomida respublika bo‘yicha jami 2965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Qayd etilishicha, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 2103 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 265 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 243 nafari firibgarlik, 169 nafari poraxo‘rlik, 51 nafari mansab soxtakorligi, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 249 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd so‘mi undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing