2022 yilda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga qisqardi
Jamiyat
−
25 yanvar 2023
38112022 yilning o‘zida kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushgan bo‘lib, bunda hokim yordamchilari 1 million nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashgani, daromadli ish bilan band qilgani muhim omil bo‘ldi. Bu haqda bugun, 25 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash hamda kichik biznesni rivojlantirishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi, deb xabar beradi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
O‘tgan yili 200 mingga yaqin tadbirkorlik sub’ekti tashkil qilindi, 10 mingta korxona faoliyati kengaytirildi, 11 mingta korxona quvvati tiklandi.
Bu ishlarni 2023 yilda davom ettirish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha barcha tarmoq va hudud rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.
Jumladan, 2023 yilda 5 million nafar aholi bandligini ta’minlash, shu jumladan 2 millionta doimiy ish o‘rinlarini yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
LiveBarchasi