2022 yilda qancha xorijlik O‘zbekistonga doimiy yashash uchun kelgani ochiqlandi

Bu qiziq

image

2022 yil davomida O‘zbekistonga xorijdan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 2,3 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

“2022 yil yanvar-dekabr oylarida xorijdan ko‘chib kelganlar soni 2,3 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar 1,1 ming kishini, ayollar 1,2 ming kishini tashkil etdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu statistika so‘nggi 5 yilda sezilarli darajada kamaygan, ya’ni 2018 yilga nisbatan 0,6 mingtaga yoki 20,7 foizga kamaygani kuzatilgan.

O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 35 foiz), Qozog‘iston Respublikasi (32,8 foiz), Tojikiston Respublikasi (6,7 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (4,8 foiz), Turkmaniston Respublikasi (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (19,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022 yilda qancha o‘zbekistonlik xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston xorijlik ko'chib kelganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing