2022 yilda iqtisodiyot uchun asosiy xavflar aytildi
Olam
−
14 dekabr 2021
58272022 yilda Rossiya-Ukraina inqirozi iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin. “Bloomberg” agentligi ekspertlari shunday xulosaga keldi.
Mutaxassislarning fikricha, kelgusi yilda jahon iqtisodiyoti rivojlanadi, biroq ma’lum xavflar ham mavjud. Xususan, gap gaz narxini oshirish bilan tahdid qilinayotgan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro haqida ketmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, kelgusi yil uchun yana bir ehtimoliy xavf — yuqori inflyatsiya. 2021 yil boshida AQSHda inflyatsiya 2 foiz darajasida bashorat qilingan bo‘lsa, u hozir deyarli 7 foizni tashkil etmoqda. Bunga iqlim o‘zgarishi ta’sir qiladi, bu esa, natijada, oziq-ovqat narxining oshishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sishga koronavirus infeksiyasining yangi “omicron” shtammi salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar bu yanada halokatli bo‘lib chiqsa, unda jahon yetakchilari cheklovlarni qayta joriy etishga majbur bo‘ladi, bu esa jahon iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir qiladi.
LiveBarchasi