2022 yilda Fransiya “omicron” iskanjasida qolishi mumkin

Olam

image

2022 yilda Fransiyada koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganada keng tarqalyotgan “omicron” varianti hukmron bo‘lishi mumkin. Bu haqda Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks xabar berdi.

Shu sababli Bosh vazir Kasteks Fransiya aholisiga kelayotgan bayramda mamlakat markazlarida to‘planmaslikni va odamlarni bunga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi. U, shuningdek, 31 dekabr oqshomida konsert va boshqa yig‘inlar o‘tkazishni ham taqiqlagan.

Hozirgacha Fransiya aholisining 8,4 millioni koronavirus bilan kasallangan va ularning 121 mingga yaqini vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqachon topilgan “omicron” shtammi boshqalarga qaraganda tezroq tarqalish imkoniyatiga ega.

Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusning yangi “omicron” shtammi vaksina antikorlarini koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda samaraliroq chetlab o‘tishini tasdiqladi.

Xitoyning Anhui Zhifei Longsom Biopharmaseutisal kompaniyasi o‘zining ZF-UZ-VAC2001 preparatini koronavirusning “omicron” variantiga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.

Shuningdek, yapon olimlar “omicron” vaksinaga qarshi ko‘proq yuqumli bo‘lib, u ham tabiiy, ham emlash orqali hosil bo‘lgan immunitetni yenga olishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Gonkong universiteti olimlari koronavirusining “omicron” shtammini yengish uchun yangi avlod vaksinalarini ishlab chiqarish zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya koronavirusning yangi “omicron” shtammi tarqalishini oldini olish uchun Buyuk Britaniyadan “kirish va chiqishlar”ni cheklamoqchiligi haqida xabar bergan edik.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing