Fransiya britaniyaliklar uchun yopildi

Olam

image

Fransiya koronavirusning yangi "omicron" shtammi tarqalishini oldini olish uchun Buyuk Britaniyadan “kirish va chiqishlar”ni cheklamoqchi. Bu haqda "Associated Press" nashri xabar berdi.

Fransiyada virusning yangi shtammiga qarshi chora-tadbirlar shu haftaning oxirida kuchga kirishi kutilmoqda.

Hukumat vakili Gabriyel Attalning aytishicha, Fransiyada koronavirus infeksiyasiyaga chalinganlarning ko‘payishi sababli mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga bosim kuchayib bormoqda.

“Buyuk Britaniyadan Fransiyaga har qanday sayohatlar "cheklangan”, biroq fransuzlar hali hamon bir mamlakatdan boshqasiga sayohat qilishmoqda,” deya ta’kidlagan Gabriyel.

Bundan tashqari, u britaniyaliklar mamlakatga tashrif buyurishidan kamida 24 soat oldin koronavirus uchun testdan o‘tishi kerakligini, shuningdek, ular Fransiyada qo‘shimcha 48 soat izolyatsiya qilinishini ta’kidlagan.

Hozirgacha Fransiya aholisining 8,4 millioni koronavirus bilan kasallingan va ularning 121 mingga yaqin o‘lim holati qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqachon topilgan “omicron” shtammi boshqalarga qaraganda tezroq tarqalish imkoniyatiga ega.

Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusning yangi “omicron” shtammi vaksina antikorlarini koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda samaraliroq chetlab o‘tishini tasdiqladi.

Xitoyning Anhui Zhifei Longsom Biopharmaseutisalkompaniyasi o‘zining ZF-UZ-VAC2001 preparatini koronavirusning “omicron” variantiga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.

Shuningdek, yapon olimlar “omicron” vaksinaga qarshi ko‘proq yuqumli bo‘lib, u ham tabiiy, ham emlash orqali hosil bo‘lgan immunitetni yenga olishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Gonkong universiteti olimlari koronavirusining “omicron” shtammini yengish uchun yangi avlod vaksinalarini ishlab chiqarish zarurligini ta’kidlagan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing