2022 yilda dollar kursi qanchaga ko‘tarilishi prognoz qilindi
Jamiyat
−
11 noyabr 2021
271402022 yilda dollarning o‘rtacha kursi 11 321 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida aytib o‘tilgan.
Prognozlarga ko‘ra, Strategik mahsulotlarning narxlari:
• 1 troya unsiya oltin narxi - 1 700 AQSH dollari;
• kumushning narxi - 25 AQSH dollari;
• misning 1 tonnasiga 8 500 AQSH dollari;
• 1000 m3 tabiiy gazning eksport narxi – 100 AQSH dollari.
Prognozlarda valyuta kursidagi kutilayotgan o‘zgarishlar inobatga olingan.
Ma’lumot uchun, bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan dollar kursi 10 715 so‘mga teng.
Shuningdek, 2022 yilda import hajmining, ayniqsa aksiz solig‘ining bekor qilinishi natijasida xalq iste’mol tovarlari import hajmini kichik darajada oshishi, daromadlarning salmoqli qismini tashkil qiluvchi asosiy mahsulotlar va aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarning ishlab chiqarish hajmlarining oshishi, ish haqi miqdorlarining yalpi ichki mahsuloti nominal o‘sishiga mos ravishda o‘sishi hamda tabiiy gaz eksportining oshishi va eksport narxlarining saqlanib qolishi kabi ko‘rsatkichlar inobatga olingan.