2022 yilda boyligi eng ko‘p pasaygan milliarderlar e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Bir yilda milliarderlar Ilon Mask, Djeff Bezos, Mark Sukerberg, Larri Peyj va Sergey Brin 2022 yil uchun rekord miqdorda boyligini yo‘qotdi. Bu haqda “Forbes” ma’lum qildi. 

Nashrning yozishicha, ularning boyligi jami 378 milliard dollarga qisqargan.

Antireytingni Mask boshqargan, uning boyligi rekord darajadagi 125 milliard dollarga kamaygan.Tadbirkor kapitalining asosini tashkil etuvchi Tesla aksiyalari 65 foizga tushib ketgan. Asosiy pasayish Twitter’ni sotib olishni e’lon qilinganidan keyin sodir bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rin Amazon korporatsiyasi asoschisi Bezosga tegishli. 2022 yil uchun u 85 milliard dollar yo‘qotdi. Bunga sabab uning IT giganti aksiyalari 50 foizga tushib ketdi.

Uchinchi o‘rinni 77 milliard dollarlik yo‘qotish bilan Sukerberg egalladi. Meta aksiyalari qiymati esa, yil davomida 64 foizga arzonlashdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing