2022 yilda 500 ga yaqin shaxs voyaga yetmaganlarga zo‘ravonlik qilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 yanvar 2023
68402022 yilda O‘zbekistonda 469 nafar odam voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazoga tortilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 23 nafar shaxs 14 yoshga yetmagan bolalarning nomusiga tekkan. 99 nafar shaxs esa 14 yoshga to‘lmaganini bilib turib, zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirgani yuzasidan javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, 249 nafar shaxs 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun jazoga tortilgan.
7 nafar shaxs o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilgani uchun javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, 91 nafar shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan buzuq harakatlar qilgani uchun jazolangan.
LiveBarchasi