2022 yilda 2 ta yangi modeldagi avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekistonda ikkita yangi modeldagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi da nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobarga, eksport hajmini 2 barobarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Sohadagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarni oshirish maqsadida:

•    yangi birlashgan global platformasiga (“GEM”) o‘tish orqali yillik quvvati 190 ming dona bo‘lgan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish boshlanadi;

•    “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshiriladi.

Shuningdek, eksport hajmini 2026 yilga qadar 1 mlrd AQSH dollariga yetkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqiladi. Bunda:

•    ishlab chiqariladigan avtomobillarni xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish;

•    Nexia rusumli avtomobillarni Qozog‘iston Respublikasida to‘liq siklda (CKD) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 30 ming donagacha mashinokomplektlar eksportini amalga oshirish belgilanadi.

Bundan tashqari, yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqiladi.

Bunda, Andijon viloyatida tashkil qilingan “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi va boshqa hududlarda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 151,3 mln AQSH dollarlik 8 ta yangi loyihalarni 2022-2024 yillarda ishga tushirish nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2821

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing