2022 yil oxirigacha Ukrainadagi kambag‘allar soni 8 millionga yetadi – Jahon banki

Olam

image

Joriy yilning oxiriga borib Ukrainada qashshoqlikda yashayotganlar soni sakkiz millionni tashkil etadi. Bu haqda Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde Avstriyaning Die Presse gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Jahon banki har doim bu urushning insonparvarlik oqibatlari halokatli ekanligini aytib keladi. Sizga bir nechta raqamlarni keltiraman: 2022 yil oxiriga kelib Ukrainada sakkiz million kishi qashshoqlikda yashaydi. Shunday qilib, qashshoqlik darajasi aholining ikki foizidan 25 foizigacha o‘sib bormoqda”, deydi Berde o‘z intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatni tiklash kamida 500 milliard yevroga tushadi. 

Avgust oyida BMT Ukrainada davom etayotgan mojaro tufayli 20 millionga yaqin odam o‘ta qashshoqlikka tushib qolishi mumkinligini aytgan edi.

Avvalroq Jahon banki prezidenti Devid Malpass urush tugaganidan keyin Ukrainani qayta tiklash xarajatlari 350 milliard AQSH dollaridan oshishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing