O‘zbekiston eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotini import qiladi?
Jamiyat
−
02 Oktabr 2022
10165O‘zbekistonga joriy yilning yanvar-avgust oylarida eng ko‘p bug‘doy import qilingan. 8 oyda 465 mln dollarlik g‘alla olib kelingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qandolat mahsulotlari va kofe nisbatan kamroq import qilingan tovarlar bo‘lgan.
Eng ko‘p import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati:
• Bug‘doy – 465 mln. AQSH dollariga
• Shakarqamish – 298 mln. AQSH dollariga
• Margarin mahsulotlari – 188 mln. AQSH dollariga
• Qoramol go‘shti – 142 mln. AQSH dollariga
• O‘simlik yog‘i – 128 mln. AQSH dollariga
• Bug‘doy uni – 84 mln. AQSH dollariga
• Kakao va shokolad – 72 mln. AQSH dollariga
• Kartoshka – 58 mln. AQSH dollariga
• Sut mahsulotlari – 53 mln. AQSH dollariga
• Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 48,5 mln. AQSH dollariga
• Banan – 34,2 mln. AQSH dollariga
• Choy – 30,7 mln. AQSH dollariga
• Parranda go‘shti – 29,3 mln. AQSH dollariga
• Makkajo‘xori – 23 mln. AQSH dollariga
• Kofe – 19 mln. AQSH dollariga
• Qandolat mahsulotlari – 17 mln. AQSH dollariga
Farangiz Salimova
LiveBarchasi