“2022 yil – g‘oyat murakkab va sinovli yil bo‘ldi”. Prezident murojaatnomasi boshlandi
Jamiyat
−
20 dekabr 2022
13685O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasi boshlandi.
Davlat rahbari so‘zini, shukrona keltirib, mamlakat aholisi 36 milliondan oshganini urg‘ulashdan boshladi.
“Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilmoqda”, deydi Prezident.
U so‘zida davom etarkan, tugayotgan yil og‘ir bo‘lganini aytdi.
“O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz. Yakuniga yetayotgan 2022 yil – g‘oyat murakkab va sinovli yil bo‘ldi, desam, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.
Ushbu davrda to‘plagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyot – faqat va faqat jasoratli mehnat orqali bo‘ladi!”
LiveBarchasi