2021 yilning 3 oyida Rossiyadan O‘zbekistonga qariyb 1 mlrd dollar o‘tkazildi

Jamiyat

image

Joriy yilning I choragida Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 967 million dollar o‘tkazildi. Bu haqda RF Markaziy banki ma’lum qildi.

O‘zbekiston Rossiyadan pul o‘tkazmalari bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinda bo‘lgan. O‘zbekistondan keyin eng ko‘p pul Qirg‘izistonga o‘tkazilgan – 407 mln dollar. 

Rossiyadan O‘zbekistonga bitta o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori ko‘paygan. 2020 yilning dastlabki uch oyida bitta o‘tkazma o‘rtacha 309 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda 347 dollarga teng bo‘lgan.

Birinchi chorakda Rossiyadan Tojikistonga 329 mln dollar pul o‘tkazilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizga kam.

Birinchi chorakda Rossiyadan eng ko‘p Shveysariyaga o‘tkazilgan – 1 mlrd 772 mln dollar. 


Maqola muallifi

Teglar

migrant dollar

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing