2021 yilda O‘zbekistonga xorijdan qancha pul kirib kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
20 yanvar 2022
73242021 yilda O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 8,1 milliard dollarni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ortiqni tashkil etdi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani belgilash bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2021 yil yakunlari bo‘yicha so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi 3,4 foizni tashkil etib, so‘nggi uch yillikdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan.
2021 yilda mamlakatga eksportdan tushumlar va transchegaraviy pul o‘tkazmalarining mos ravishda 34 foizdan oshishi, ichki valyuta bozorida valyuta taklifini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, bozordagi umumiy taklif hajmini 1,6 barobarga o‘sishiga xizmat qilgan.
Shuningdek, 2021 yil yakuni bo‘yicha pul bozoridagi vaziyat nisbatan qat’iy sharoitlarda shakllanib, “Uzonia” va “Uzwia” indikatorlari o‘rtacha 13 foizni tashkil etgan. Yil davomida pul bozoridagi foiz stavkalari dinamikasi banklararo operatsiyalar hajmining qariyb ikki barobarga oshishi va pul-kredit instrumentlari faolligining keskin o‘sishini o‘zida aks ettirgan.
LiveBarchasi