2021 yilda O‘zbekistondan bosh olib ketganlar keskin ortdi

Jamiyat

image

2021 yilda O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar 20 140 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ko‘chib ketganlar soni jami 275 079 kishini, shu jumladan respublikaning boshqa hududlariga ko‘chib ketganlar 254 939 kishini, xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar esa 20 140 kishini tashkil etgan. 2021 yilda xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar 2020 yilning mos davriga nisbatan 6492 kishiga ko‘p. 

O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 56,6 foiz), Rossiya (30,5 foiz), Tojikiston (3,7 foiz), Qirg‘iziston (2,3 foiz), Ukraina (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (5,3 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, 2021 yil  yanvar-dekabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar jami soni 256 814 kishini, shu jumladan respublikaning boshqa hududlaridan ko‘chib kelganlar 254 939 kishini, xorijiy mamlakatlardan  ko‘chib  kelganlar 1 875 kishini tashkil  etgan.

O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 38 foiz), Tojikiston (18,5 foiz), Rossiya (17,3 foiz), Qirg‘iziston (7,0 foiz), Turkmaniston (3,3 foiz) va boshqa mamlakatlar (15,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

So‘nggi 10 yilda mamlakatdan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar kesimida:

•  2010 yilda – 44 420 kishi;
•  2011 yilda – 50 816 kishi;
•  2012 yilda – 45 447 kishi;
•  2013 yilda – 38 589 kishi;
•  2014 yilda – 42 228 kishi;
•  2015 yilda – 31 765 kishi;
•  2016 yilda – 28 069 kishi;
•  2017 yilda – 20 772 kishi;
•  2018 yilda – 17 579 kishi;
•  2019 yilda – 13 229 kishi;
•  2020 yilda – 13 648 kishi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

762

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing