2021 yilda O‘zbekistonda qaysi soha xodimlari eng ko‘p maosh olgan?
Bu qiziq
−
26 yanvar 2022
201822021 yilda O‘zbekistonda eng yuqori ish haqi moliya sohasidagilarga, eng kami esa tibbiyot xodimlariga to‘langan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda korxona xodimlarining o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3,2 million so‘mni tashkil etgan.
Qo‘mita hisobotiga ko‘ra, 2021 yilda 2020 yil dekabr oyiga nisbatan ish haqi o‘rtacha 16,2 foizga oshgan.
Hududlar orasida 2021 yilda o‘rtacha yillik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (4,94 million so‘m), Navoiy viloyatida (4,05 million so‘m) va Toshkent viloyatida (3,42 million so‘m) kuzatilgan.
Xodimlarni rasmiy ravishda bandlik bilan ta’minlash bo‘yicha ta’lim sohasi yetakchilik qilmoqda (37,6 foiz), so‘ng sanoat (18,7 foiz) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (16,2 foiz) sohalari turibdi.
Statqo‘mga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yilning yanvar-mart oylarida 2020 yilning shu oylariga nisbatan pastroq bo‘lgan (2021 yil yanvarida 110,5 foiz, 2020 yilda 122,9 foiz), lekin kelgusida tezlashgan.
Ish haqining o‘sishi iyun oyida jadallashgan (122,8 foiz), lekin keyingi yoz oylarida yana pasaygan (avgust oyida 117 foiz). Kuzda u yana tezlashgan, oktyabr oyida eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan (122,1 foiz), lekin yil oxiriga kelib yana sekinlashgan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘rtacha ish haqi kichik biznes hamda qishloq xo‘jaligi sohalaridan tashqari korxona va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
LiveBarchasi