2021 yilda 46 mlrd so‘m mablag‘ olimlarga to‘lab berilmagan
Jamiyat
−
16 mart 2022
50452021 yilda fan doktorlariga 60 foizgacha, fan nomzodlariga 40 foizgacha ustama berish bo‘yicha davlat byudjetidan 157 mlrd so‘m ajratilgan. Shu mablag‘lardan atigi 110 mlrd so‘mi berilgan, 46 mlrd so‘mi qolib ketgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi.
“2021 yilda fan doktorlariga 60 foizgacha, fan nomzodlariga 40 foizgacha ustama berish bo‘yicha davlat byudjetidan 157 mlrd so‘m ajratilgan. Shu mablag‘lardan atigi 110 mlrd so‘mi berilgan, 46 mlrd so‘mi qolib ketgan”, deydi vazir.
Qayd etilishicha, quyidagi universitetlarda ajratilgan mablag‘larning yarmidan ko‘p qismi to‘lab berilmagan:
• Moskva davlat universitetinig Toshkent shahridagi filiali – 50 foiz;
• Toshkent kimyo-texnologiyalari universiteti – 51 foiz;
• Toshkent texnika universitetining Qo‘qon filiali – 53 foiz;
• Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti – 54 foiz;
• Qoraqalpog‘iston davlat universiteti – 54 foiz;
• Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti – 60 foiz;
• Qarshi davlat universiteti – 61 foiz;
• Jizzax politexnika universiteti – 65 foiz;
• Toshkent arxitektura-qurilish instituti – 66 foiz mablag‘ni o‘zlashtirmagan.
“Qayerda kam berilgan bo‘lsa, o‘sha yerda shikoyat va norozilik ko‘p. Chunki rahbarlar o‘zini judayam “katta” deb hisoblayapti. Byudjet bergan pulni bergimiz kelmayapti hozir, unga (olimga — tahr.) ko‘mak bermayapmiz, seminar o‘tmayapmiz. Ilmiy prorektorlar ishlamagan bu yerda”, deydi Abduqodir Toshqulov.
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev ijarada yashayotgan talabalarga 2022 yilda byudjetdan 120 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgani, ya’ni, rektorlarga o‘tgan ikki oyda 24 milliard so‘m mablag‘ berilganini aytgan edi. Biroq, ushbu mablag‘lardan atigi 5 milliard so‘m ishlatilgan.
LiveBarchasi