2021 yil eng jazirama yillardan biri bo‘ldi – BMT
Olam
−
20 yanvar 2022 2745 2 daqiqa
2021 yil rekord darajadagi yettita eng issiq yillardan biri bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon meteorologiya tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotda aytilgan.
Qayd etilishicha, La-Ninya hodisasining rivojlanishi natijasida so‘nggi ikki yil ichida o‘rtacha global harorat vaqtincha pasaygan bo‘lsa-da, 2021 yil kuzatuvlar tarixidagi yettita eng issiq yillardan biri bo‘lgan.
Global isish va boshqa uzoq muddatli iqlim o‘zgarishi tendensiyalari issiqxona gazlari natijasida davom etishi kutilmoqda.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yilda o‘rtacha global harorat sanoatdan oldingi (1850-1900 yillar) darajasidan taxminan 1,11 darajadan yuqori bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, 1980 yillardan boshlab, har bir keyingi o‘n yillik avvalgisidan ko‘ra issiqroq bo‘lgan. Bu tendensiya davom etishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, La-Ninya hodisasi muntazam ravishda Janubiy Amerikaning Tinch okeani sohillari yaqinida sodir bo‘ladi va okean yuzasi haroratini pasaytirishdan iborat. Oddiy so‘z bilan aytganda bu yerda g‘ayrioddiy sovuq ob-havo boshlanadi. Ushbu hodisa Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan iliq suv zonasini Indoneziya va Avstraliya tomon siljitadigan sharqiy shamollarning kuchayishi tufayli sodir bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq meteorologlar 2021 yildan 2025 yil ichida rekord darajadagi issiq yil bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Ushbu davrda bo‘lgan kamida bir yil 90 foiz “eng issiq yil” bo‘lish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, ushbu intervalning har bir yilida quruqlikdagi o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlaridan kamida 1 darajaga oshadi.
Live
Barchasi