2021 yil 1 iyuldan soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish tartibi soddalashtiriladi

Jamiyat

image

2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan (JSHSHIR) foydalangan holda amalga oshirishga o‘tilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida belgilangan.

Agarda loyiha tasdiqlansa, 2021 yil 1 iyuldan alohida tartibda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish va fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bekor qilinadi.

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat bojini qabul qilish faqat elektron tarzda YAIDXP orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 apreldan boshlab 16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish hamda fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.

Belgilanishicha, JSHSHIR davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikatsiyalaydigan alohida raqamlarni yuritish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:

jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mavjud STIRini ularning JSHSHIR bilan o‘zaro bog‘lash ishlarini yakunlaydi;

STIR mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ularning JSHSHIR orqali soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilishini ta’minlaydi.

Avvalroq, farmon loyihasida 2021 yil apreldan boshlab davlat idoralarida fuqarolardan 17 ta ma’lumotnoma va hujjatlarni so‘rash taqiqlanishi belgilangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

soliq to'lovchi

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar