2021 oxirida O‘zbekiston davlat qarzi qanchaga yetadi? Prognozlar ochiqlandi

Tahlil

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasining jami davlat qarzi 2021 yil yakunida 28,3 mlrd AQSH dollari miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrida keltirilgan.

Prognozga ko‘ra, 2021 yil oxirida davlat ichki qarzi 2,7 mlrd dollarni, tashqi qarzi esa 25,7 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bunda O‘zbekiston nomidan olingan qarz 18,6 mlrd dollarni va O‘zbekiston kafolati ostida jalb qilingan qarz 7,1 mlrd dollarni tashkil qiladi.

2021 yil davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 1,6 mlrd AQSH dollarini tashkil qiladi. Shundan 1 mlrd AQSH dollari asosiy qarzga, 0,6 mlrd AQSH dollari esa foiz uchun hisobiga to‘lanadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda davlat tashqi qarzi 4,6 mlrd dollarga ko‘payishi prognoz qilingan. 2020 yil yakunida davlat tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarga, 2019 yil yakunida esa 15,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi joriy yilning boshiga nisbatan 1 foizga yoki 310,6 mln dollarga oshgan holda, 2021 yil 1 aprel holatiga 34,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Shundan, davlat qarzi 23,2 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etadi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing