2021/2022 o‘quv yilidan bakalavriat va magistraturada yangi fanlar kiritiladi

Jamiyat

image

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida “Ma’naviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy ma’naviyat” fanlari kiritilishini hamda magistratura ta’lim bosqichida “PR-menejer” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni shakllantiradi va belgilangan tartibda moliyalashtiradi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

2021-2023 yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etishning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur maskanlar yangi qurilishlar orqali yoki bo‘sh turgan binolarda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan tashkil etilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

ma'naviyat

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar