2020 yilda so‘nggi 5 yillikning eng issiq ob-havosi kutilayotgani aytildi
Bu qiziq
−
27 aprel 2020
15194Rossiya Gidrometeorologiya markazi rahbari Roman Vilfandning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda issiq ob-havo kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi besh yil ichida harorat ko‘rsatkichlari rekord darajada ko‘tariladi.
“99 foiz ehtimol bilan bu yilgi yoz fasli so‘nggi besh yillikning eng issiq oylari bo‘ladi”, dedi Vilfand.
Gidrometeorologiya markazi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, havoning harorati har besh yilda oshib boraveradi. U bu global isishning o‘ziga xos xususiyati ekanligini ta’kidlagan.