2020 yilda qancha odam is gazidan vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
16 dekabr 2020
4276Avval xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda joylarda is gazidan zaharlanish va chaqnash holatlari ham uchrayotgani ta’kidlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Joriy yilning o‘tgan davrida bunday noxush holatlar oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan, 190 nafari zaharlangan va kuyish tan jarohati olgan. Jumladan, bugun Yangiyo‘l tumanida 3 nafar fuqaro is gazidan olamdan o‘tgan.
Prezident Yangi yil bayrami kunlari yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish va chaqnashlar bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha mutasaddilar hushyorlikni yanada oshirishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlari, ayniqsa, mehribonlik va muruvvat uylari, maktab, maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalarida yong‘inga qarshi profilaktika ishlarini o‘tkazish, ularning tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.