2019 yilgi korrupsiya indeksida O‘zbekistonning o‘rni o‘zgardi
Jamiyat
−
23 yanvar 2020
6333Transparency International Xalqaro korrupsiyaga qarshi harakat 2019 yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksini (Corruption Perception Index) e’lon qildi.
O‘zbekiston ushbu indeksda o‘rnini biroz yaxshilab, 25 ball to‘pladi va 180 davlat orasida 153-o‘rinni egalladi. Aytish mumkinki, ushbu indeksning 2018 yilgi natijalarida O‘zbekiston 158-o‘rinni qayd etgan edi.
Kuchli uchlikka Yangi Zelandiya, Daniya va Finlyandiya kirdi. O‘nlikni esa Shveysariya, Singapur, Shvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Germaniya yopib berdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, korrupsiya holati juda kam uchraydigan davlatlar orasida skandinaviyaliklar yetakchilik qilmoqda. Yangi Zelandiyadagi holat yildan yilga yomonlashayotganiga qaramay u ro‘yxatda yetakchilik qilayotganini ko‘rish mumkin.
Rivojlangan davlatlar natijasiga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, bu borada Buyuk Britaniya (12-o‘rin), AQSH va Fransiya (23-o‘rin), Janubiy Koreya (39-o‘rin), Xitoy (80-o‘rin), Rossiya (137-o‘rin)ni qayd etishganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Reytingda eng yomon o‘nlikka Gveniya Bissau (168-o‘rin), Shimoliy Koreya (172-o‘rin), Venesuela, Ekvotarial Gveniya, Sudan, Avg‘oniston (173-o‘rin), Yaman (177-o‘rin), Suriya (178-o‘rin), Janubiy Sudan (179-o‘rin) va Somali (180-o‘rin) davlatlari kirgan.
Ma’lumot uchun, korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektoridagi korrupsiya haqida ekspertlar bergan baholarga asoslanadi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi