2019 yildan beri 50 ta bog‘chani ta’mirlashga ajratilgan byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat
−
22 avgust 2021
4759O‘zbekistonda 2019-2020 yillar va 2021 yilning I yarmida 50 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilgan kapital ta’mirlash ishlarida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan. Bu haqda kecha, 21 avgust kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisida axborot berildi.
Xabarga ko‘ra, majlisda 2017-2020 yillarda Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarida byudjet mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanganini o‘rganish natijalari muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, 2021 yilning I yarim yilligida maktabgacha ta’lim tizimining qurilish sohasida 89 ta holatda moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. 2019-2020 yillar va 2021 yilning I yarmida 50 ta MTTda amalga oshirilgan kapital ta’mirlash ishlarida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.
Oliy ta’lim tizimida o‘tkazilgan o‘rganishda 2 ta oliygohda buxgalteriya xizmatining xodimlari tomonidan mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilganligi aniqlangan.
Majlisda moliyaviy intizomni kuchaytirish va byudjet daromadlarini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olingan.
LiveBarchasi