200 dan ziyod odam ismaloqdan zaharlandi
Olam
−
19 dekabr 2022
13568Avstraliyaning bir qancha shtatlaridan kamida 200 kishi ismaloqdan zaharlanish tufayli yordam so‘rab shifoxonalarga murojaat qildi. Bu haqda Avstraliyaning “The Murray Valley Standard” gazetasi xabar berdi.
Birgina Sidney shahri joylashgan Yangi Janubiy Uels shtatida 164 kishi yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 42 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, 16 dekabr kuni Sidney shifoxonalari zaharlanish qurbonlarini qabul qila boshlagan. Ularda shifokorlar gallyutsinatsiyalar, tartibsizlik va taxikardiya kabi og‘ir alomatlarni qayd etgan.
Davlat sog‘liqni saqlash departamenti mutaxassislari zaharlanish manbasini tezda topishga va barcha jabrlanganlarning ahvolini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xavfli moddalar manbai Riviera fermalari dalalari yaqinida ismaloq o‘sgan bo‘lib, qadoqlangan yangi ismaloq zaharlanishga olib kelgan.
LiveBarchasi