20 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Kecha, 22 aprel kuni Qozog‘istonning Atirau viloyatida 20 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) va 248-moddasi 2-qismi (noqonuniy qurol saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

48 yoshli erkakning vaqtinchalik yashash joyi ko‘zdan kechirilganda, taqiqlangan diniy kitoblar va disklar olib qo‘yilgan.

Gumonlanuvchi Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 128-moddasiga asosan hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing