20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Malibu 2 ta Lacetti’ni pachoq qildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Malibu yo‘l chetidagi 2 ta Lacetti’ga borib urildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 13 yanvar kuni soat 10:00 larda, Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi B.M. Malibu rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan Lacetti rusumli 2 ta transport vositalariga urilgan. Oqibatda Malibu avtomobili ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

849

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing