+20. O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni yana ko‘paydi

Jamiyat

image

26 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 kishiga ortib, 3281 nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 15 nafari Karantin markazidan, 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 

Ayni paytda yurtimizda 2624 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 644 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing