20 aprel kuni Assanjning keyingi taqdiri hal qilinadi

Olam

image

Vestminster magistratura sudi 20 aprel kuni WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish bo‘yicha qaror chiqaradi. Shundan keyin ish bo‘yicha hujjatlar Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Priti Patelga yuboriladi. 

“Keyingi sud majlisi 20 aprel kuni Vestminster magistratura sudida [bo‘lib o‘tadi]. Sud Julian Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Shundan so‘ng qaror tasdiqlash uchun Ichki ishlar vaziri Priti Patelga yuboriladi. Assanj himoyasi bo‘yicha hujjatlar ham Patelga yuboriladi. Ko‘rib chiqish muddati 18 mayga qadar”, deyiladi WikiLeaks Twitter’ida e’lon qilingan xabarda. 

Qo‘shma Shtatlarda WikiLeaks asoschisi Amerika tarixidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishning eng yirik ishi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Assanj umumiy ayblovlar bo‘yicha 175 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. 

O‘tgan yanvar oyida Londondagi Vestminster magistratura sudi WikiLeaks asoschisining ekstraditsiya qilinishini noqonuniy deb topdi, chunki autizm va klinik depressiyadan aziyat chekayotgan Assanj AQSH qamoqxonasiga tushib qolsa, o‘z joniga qasd qilishga tayyor. Bu Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilishdan bosh tortish uchun asos bo‘ldi, u yerda unga qarshi 18 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, ammo bu qaror AQSH Adliya vazirligi tomonidan e’tirozga uchradi.

O‘tgan yilning dekabr oyida avstraliyalik advokatlar Buyuk Britaniya Oliy sudida qabul qilingan qaror ustidan shikoyatni ko‘rib chiqishni so‘rab London Oliy sudiga murojaat qilishgan. 24 yanvar kuni London Oliy sudi qaror ustidan Buyuk Britaniya Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkinligi haqida qaror chiqardi. 15 mart kuni oliy sud jurnalistni bu huquqdan mahrum qildi. Ekstraditsiya bo‘yicha yakuniy qarorni Ichki ishlar vaziri Patel qabul qilishi kerak.

Julian Assanj – avstraliyalik jurnalist va teleboshlovchi va “WikiLeaks” asoschisi. 

Ma’lumot o‘rnida, Julian Assanj 2010 yilda Shvetsiyada jinsiy zo‘rlash nomusga tegishda ayblangan edi. 2012 yil iyun oyidan beri u Londondagi Ekvador elchixonasi hududida yashirinib yurdi va 2019 yil aprel oyida AQSH so‘roviga binoan hibsga olindi. London sudi Assanjni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va uni 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida u josuslik to‘g‘risidagi 18 ta qonunni buzganlikda, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblanmoqda. Agar uning aybi tan olinsa, AQSHda Assanj 175 yilga qamalishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing