2 viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
24 Fevral 2025 5229 1 daqiqa
2025 yil 25-28 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Jumladan, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjud:
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
Namangan viloyati Pop tumanida.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi
Turkiyadagi konda portlash yuz berdi
23 Oktyabr