2 nafar o‘zbekistonlik Qirg‘iziston fuqarosini o‘g‘irlab ketgani aytildi

3-sahifa

image

Qirg‘iziston fuqarosini o‘g‘irlagan 2 nafar o‘zbekistonlik uning uchun qarindoshlaridan 50 ming dollar talab qildi. Bu haqda “Kabar.kg” nashri xabar berdi.

Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasiga ko‘ra, asli kelib chiqishi namanganlik bo‘lgan 2 kishi 2022 yilning 23 oktyabrida qirg‘iztonlikni uyidan o‘g‘irlab, O‘zbekistonning Namangan viloyatiga olib ketgan.

Holat yuzasidan 2023 yil 28 fevralda o‘g‘irlangan odamning singlisi tegishli organlarga murojaat qilgan. O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati bilan birgalikdagi tezkor tadbir davomida joriy yilning 7 mart kuni yo‘qolgan fuqaro Qirg‘izistonga qaytarilib, yaqin qarindoshlariga topshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Baymak” posti orqali olib o‘tilgan asir 5 oy davomida O‘zbekiston hududida tutqunlikda ushlangan.

“Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olinganlarni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing