2 mlrd dollarlik sirli bitkoin hamyoni 14 yil deganda “jonlandi”
Olam
−
05 iyul 2025 8810 1 daqiqa
Joriy yilning 3-4 iyul kunlari egasi noma’lum bo‘lgan ikkita sirli kriptovalyuta hamyoni 14 yillik sukutdan so‘ng yana faollashdi. Ularda hozirda 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ saqlanmoqda. Bu haqda “The Block” nashri xabar berdi.
“Blokcheyn ma’lumotlariga ko‘ra, 14 yildan ortiq muddat davomida hech qanday operatsiya amalga oshirilmagan ikkita bitkoin hamyoni – har biri 10 ming BTC saqlovchi manzil 3 va 4 iyul kunlari qayta faollashdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu “uxlab yotgan” (ya’ni, hech qanday tranzaksiya qilinmagan) hamyonlar 14 yil davomida “qimir etmagan”. O‘sha vaqtda ularning umumiy qiymati atigi 7 800 dollar bo‘lgan, bugungi kunda esa ularning har biri 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. Bu – 13 982 800 foiz o‘sishni anglatadi.
Shuningdek, bitkoin narxi 3 iyul kuni 2 foizdan ko‘proqqa oshib, joriy yilning 11 iyunidan buyon ilk bor 110 ming dollardan yuqori ko‘rsatkichga yetdi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr