2 may kuni yomg‘irli ob-havo davom etadi

Jamiyat

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 2 may kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 20-25 daoraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing