2 kg “gashish”ni 17 ming dollarga pullayotgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
18 aprel 1084 1 daqiqa
Andijon viloyatining Marhamat tumanida 2 kilogrammdan ortiq “gashish”ni 17 ming AQSH dollariga sotishni ko‘zlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1971 yilda tug‘ilgan shaxs 2 kilogrammdan ortiq gashish moddasini 17 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 210 ta qozonga qariyb 191 kg “gashish”ni yashirgan shaxs ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi18 aprel