19 yoshli “Barselona” futbolchisi jahon rekordini o‘rnatdi
Sport
−
04 Sentabr 2023
8372Joriy yilning 5 avgust kuni 19 yoshni qarshi olgan ispaniyalik yarim himoyachi Gavi “Barselona” safidagi 100-o‘yinda maydonga tushdi. Bu orqali futbolchi shu kunga qadar Boyan Krkichga tegishli bo‘lgan 19 yilu 85 kunlik dunyo rekordini yangiladi.
Gap shundaki, Krkich aynan 19 yosh 85 kunlik vaqtida 100-o‘yinida maydonga tushgan. Kecha, 3 sentyabr kuni esa Ispaniya La Ligasining 4-turida “Barselona” “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi va mazkur uchrashuvda 19 yosh 29 kunlik Gavi ham qatnashdi. Bu uning 100-o‘yini edi.
Gavi “ko‘k-anorranglilar” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaliklar bilan birgalikda 18 yoshli yarim himoyachi 2022/2023 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni va ushbu mamlakat Superkubogi sohibi bo‘ldi.
“Transfermarkt” portaliga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisining qiymati 90 million yevroni tashkil qiladi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
LiveBarchasi