18 nafar o‘zbekistonlik AQSHdan deportatsiya qilindi

Jamiyat

image

AQSH migratsiya qonunchiligi talablarini buzgan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu haqda “Dunyo” axbort agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular maxsus charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan. Fuqarolarning ortga qaytarilishi O‘zbekiston va AQSHning vakolatli idoralari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar natijasida amalga oshirilgan. 

Jarayon doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur safar hujjatlarini rasmiylashtirish, tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish hamda ularning xavfsiz qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan.

“O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirib, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, fuqarolarning xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarurat tug‘ilganda ularning xavfsiz vatanga qaytarilishini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlarni davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi Yaponiyada noqonuniy bo‘lib turgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing