“18 ming odam to‘plangan”. IIBB Chilonzordagi olomon haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanida “Atlas” savdo majmuasida chegirma e’lon qilingani uchun ko‘plab odamlar to‘plangani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi savdo majmuasi oldida odamlar to‘plangani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Atlas” savdo majmuasidagi “Mediapark” do‘konida maishiy texnikalar uchun 80 foizgacha chegirma bo‘layotganligi haqida xabarlar tarqalgach, 18 mingga yaqin fuqarolar ushbu savdo majmuasi oldida to‘plangan.

“Savdo majmuasi bir vaqtning o‘zida bu kabi ko‘plab fuqarolarni qabul qilish imkoniga ega emasligi sababli, shuningdek fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida savdo majmuasi yopildi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan savdo majmuasidagi vaziyat nazoratga olindi”, deyiladi IIBB xabarida.

Shuningdek, kun issiqiligi va tiqilinch bo‘lgani sababli bir nafar ayol xushidan ketgan. Shu yerning o‘zida u xushiga keltirilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uyiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing