18+ Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida 130 ga yaqin pornografik sahifa aniqlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida pornografik materiallar tarqatuvchi 130 ga yaqin guruh, sahifa va kanallar mavjud. Ularda 2 646 ta material (foto, video, matnli va boshqalar) tarqatilgan. Bu haqda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev Senatning 23-yalpi majlisidagi nutqida gapirdi. 

Uning qayd etishicha, 2021 yil mobaynida mamlakat hududida axloqsizlik, behayolik va pornografiyani targ‘ib qiluvchi 1650 ta veb-saytdan foydalanish belgilangan tartibda cheklangan bo‘lsa-da, biroq eng ommabop bo‘lgan “Telegram” messenjerida o‘zbek auditoriyasiga qaratilgan, odob axloq talablariga mos kelmaydigan 35 ta faol kanalda 7 738 ta material tarqatilgan.  

“Internet resurslari va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holatlarga barham berish ishlarida  aniq choralar belgilanmasdan  qolmoqda”, deydi Boqiyev jon kuydirib. 

Unga ko‘ra, birgina Telegram messenjerining O‘zbekiston auditoriyasi uchun yo‘naltirilgan resurslarida faxsh kontent orqali auditoriya to‘plash va reklama hisobidan daromad topishga qaratilgan obunachilari 120 mingdan ko‘p bo‘lgan kanallar aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, u avvalroq QALAMPIR.UZ’ga 2021 yilning dekabr holatiga ko‘ra, UZ domendan ro‘yxatdan o‘tgan 289 ta veb-saytda behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlani, 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

847

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing