Rahmonovga emas! 174 tup daraxt kesilgani ortidan obodonlashtirish xodimlariga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 174 tup daraxt moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlangani xabar qilingandi. Mazkur holat ortidan obodonlashtirish xodimlariga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev xabar berdi.

2025 yilning 25 oktyabr  kuni Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan jami 174 tup daraxt va buta kesilib, tabiatga 1 mlrd 460 mln 952 ming so‘m zarar yetkazilgandi.

8 noyabr kuni obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksning 198-moddasi 2-qismiga (o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, hududda jami 174 ta daraxt kesilgan bo‘lib, tabiatga 1 mlrd 463 mln 952 ming so‘m zarar yetkazilgan.

“Qizig‘i, daraxt kesish topshirig‘ini bergan shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov yana suvdan quruq chiqmoqda. Uning o‘rniga topshiriqni bajargan, “tanka”si yo‘q obodonlashtirish xodimlari javob beradigan ko‘rinadi. Mana bu haqiqiy nomardlik”, deydi  Rasul Kusherboyev.

Ayni vaqtga tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing