171 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
3-sahifa
−
07 Sentabr 2020
3834Toshkent viloyati, Toshkent tumanida pandemiya sharoitida talab kuchli bo‘lgan 171 millon so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.S. koronavirus kasalligida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini noqonuniy sotish orqali daromad topishni maqsad qilgan.
U 500 dona “Kleksan”, 300 dona “Geparin”, 200 dona “Sefoperazon-sul”, 500 dona “Meropenem”, 500 dona “Arbidol 50 mg” va “Arbidol 100 mg” dori vositalarini jami 171 mln so‘mga soxta shartnoma orqali xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu noqonuniy holat yuzasidan A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda holat bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi