17 yashar qiz hammomdan jonsiz holda topildi

3-sahifa

image

Qashqadaryoning Koson tumanidan o‘quv markazida tahsil olish maqsadida Qarshi shahriga kelib, ijarada yashayotgan 17 yashar qiz o‘zi istiqomat qilayotgan uyning hammomida vafot etdi. Bu haqda "Nasafnews" o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Gap shundaki, joriy yilning 20 noyabr kuni Qarshi shahri Mahallot mahallasi Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan qiz is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2005 yilda tug‘ilgan qizning jasadi hammomdan topilgan. U hammomda is gazidan zaharlangani aytilmoqda.

Marhuma Koson tumanida istiqomat qilgan. Qarshi shahridagi o‘quv markazida tahsil olgani uchun Mahallot mahallasidagi xonadonda ijarada yashagan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

2230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing