17 oktyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 17 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Prognozlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Jizzax, Samarqand, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ham ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida xavo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida xavo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida xavo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing