Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

17-18 dekabr kunlari havo harorati biroz past bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning dekabr oyi boshida ob-havoni belgilagan sovuq antitsiklon O‘zbekistonni tark etgan. Nihoyat mamlakatga iliq havo massalari kirib kelgan.

Bugun, 16 dekabr kuni havo haroratidagi iliq holat saqlanib turadi. Ya’ni, O‘zbekiston bo‘yicha quyoshli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent viloyatining ba’zi joylarida shamol 15-20 metr sekundgacha kuchayadi. Kunduzi havo 9-14 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda esa 16-18 darajagacha issiq bo‘ladi. Bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5 daraja yuqoridir.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq havo harorati biroz pasayadi. 17 dekabr kuni kechasi havo harorati 3-2 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi esa 7-12 daraja iliqni tashkil etadi. 18 dekabr kuni havo harorati 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika bo‘ylab ba’zi hududlarga tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

980

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing