16 yoshli dog‘istonlik futbolchi faoliyatini MYUda davom ettiradi

Sport

image

“Manchester Yunayted” yoshlar jamoasi vingeri Amir Ibragimov “mankunianliklar”ning asosiy jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men ushbu formani kiyganimdan, bu klub tarixi bilan bog‘langanimdan faxrlanaman”, deydi Ibragimov.

16 yoshli Amir Dog‘istonda tug‘ilgan, ammo uzoq vaqtdan beri Angliyada “Manchester Yunayted”da o‘ynab kelmoqda. 2023 yilning fevralida Amir Angliya U-15 terma jamoasida Belgiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida (3:2) debyut qildi va 60 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

Angliya U-18 chempionatining 2023/2024 yilgi mavsumida rossiyalik futbolchi barcha turnirlarda uchta o‘yinda qatnashib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Amir Ibragimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing